11/11/2022

Joriy yilning 11-noyabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida 11-noyabr - "Oʼzbekiston kasaba uyushmalari kuni" munosabati bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

🔰Tadbirda Namangan viloyati kasaba uyushmasi Kengash raisining o‘rinbosari Jo‘raboyev Zafarbek Yusupovich tomonidan kasaba uyushmalarining tashkil topish tarixi, uyushmaning maqsad va vazifalari hamda ishchi-xodimlarning huquqlari, ularga berilgan imkoniyatlar toʼgʼrisida ishtirokchilarga maʼlumotlar berildi.

🔰Shuningdek, tadbirda mehnat kodeksiga kiritilayotgan oʼzgartirish va qoʼshimchalar toʼgʼrisida ham axborot berildi.

🔰Tadbir soʼngida statistika boshqarmasi kasaba uyushmasining bir guruh faol xodimlariga Kengash tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovgʼalari topshirildi.

Tadbirdan fotolavhalar: