Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida xorijdan qiymati 25,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 99 756 dona televizor import qilingan.
Televizor importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 13,6 mingtaga kamaygan.
Oʻzbekiston 15 ta davlatdan televizor import qilgan.
Oʻzbekiston 9 oy mobaynida eng koʻp televizor import qilgan davlatlar:
Xitoy – 58,1 mingta
Rossiya – 37,7 mingta
Indoneziya – 3,1 mingta
Polsha – 358 ta