2022- yilning 1- noyabr holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 97 054 tani tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 3,3 foizga oshgan. Shuningdek faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxonalarning (581 046 ta) 16,7 foiz ulushi sanoat korxonalariga to‘g‘ri kelib, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 96 148 tani tashkil etdi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni:
Toshkent shahrida – 16 598 ta
Farg‘ona viloyatida – 10 785 ta
Andijon viloyatida – 9 799 ta
Toshkent viloyatida – 9 795 ta
Samarqand viloyatida – 8 680 ta
Namangan viloyatida – 7 720 ta
Qashqadaryo viloyatida – 5 427 ta
Buxoro viloyatida – 4 970 ta
Surxondaryo viloyada – 4 779 ta
Xorazm viloyatida – 4 736 ta
Jizzax viloyatida – 4 019 ta
Navoiy viloyatida – 3 971 ta
Qoraqalpog‘iston R. – 3 508 ta
Sirdaryo viloyatida – 2 267 ta