Viloyat statistika boshqarmasi hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Namangan viloyati kengashining “Viloyat statistika boshqarmasi tizimidagi xodimlarning munosib dam olishlarini tashkil etish hamda madaniy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qo‘shma qaroriga asosan turli sayohat va madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Jumladan Kasaba uyushmasi tashabbusi bilan statistika boshqarmasida faol ishlagan xodimlari uchun Xorazim viloyatining Xiva shahriga sayohat tashkil qilindi.
Sayohatchilar Xiva shahridagi tarixiy-meʼmoriy qadamjolar, diqqatga sazavor maskanlarni aylanib, madaniy hordiq chiqarishdi.
Sayohat jarayonidan fotolavhalar:
Ta’kidlash lozimki, 2022-2023- yillar davomida “Yangi Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” shiori ostida har yili ish beruvchilar hisobidan xodimlarni mamlakatimizdagi soʻlim goʻshalar, dam olish maskanlari va tarixiy shaharlarga sayohatlarini tashkil etib borish vazifalari belgilangan.