Respublikamizda 2022- yilning 1- dekabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 588 823 tani tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 92 839 tani tashkil qildi (ulushi 15,8 %). Shunda xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Toshkent shahri – 12 081 ta
Farg‘ona viloyati – 11 741 ta
Qashqadaryo viloyati – 10 682 ta
Samarqand viloyati – 8 548 ta
Surxondaryo viloyati – 7 354 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
savdoda – 38 402 ta
sanoatda – 15 952 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 8 017 ta
qurilishda – 6 885 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 6 423 ta