12/12/2022

2022-yilning 7–9-dekabr kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida kambag‘allik va daromadlar tengsizligini baholash bo‘yicha ekspertlar yig‘ilishi hamda kambag‘allik statistikasini uyg‘unlashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

1-photo_2022-12-12_14-49-21

Mazkur tadbir BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan tashkil etildi.

Unda Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Belgiya, Bosniya va Gersogovina, Gruziya, Kanada, Qozog‘iston, Qirg‘iz R., Moldova, Polsha, Rossiya, AQSh, Tojikiston, O‘zbekiston, Ukraina va boshqa qator davlatlarning statistika idoralari mutaxassislari qatnashdi.

2-rtsjtrhjsrth

O‘zbekiston Respublikasidan Davlat statistika qo‘mitasining Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlarini muvofiqlashtirish  bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Otajon Yusupov ishtirok etdi.

3-photo_2022-12-12_14-49-12

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi, Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida kambag‘allik va tengsizlikni oʻlchash hamda kambag‘allik statistikasini uyg‘unlashtirish bo‘yicha tajriba almashishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, xalqaro tashkilotlar tomonidan tadbir doirasida qator taklif va tavsiyalar berildi.

4-photo_2022-12-12_14-49-11