2022- yilning 12- dekabr kuni MDHga aʼzo davlatlar statistika idoralari rahbarlari Kengashining 65- majlisi videokonferensaloqa shaklida boʻlib oʻtdi.
Ushbu majlisga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich raislik qildi.
Onlayn yigʻilishda MDHga aʻzo davlatlar statistika idoralari rahbarlari, rahbar oʻrinbosarlari va mutaxassislari ishtirok etdi.
Kun tartibiga muvofiq, 2023- yilda MDHga a'zo davlatlar statistika idoralari rahbarlari Kengashiga raislik qilish masalasi muhokama qilindi.
Shuningdek, 2023- yilda MDHga aʻzo davlatlar statistika idoralari rahbarlari Kengashiga raislik qilish masalasi ham muhokama qilindi.
Majlis yakunlari boʻyicha kelishilgan takliflar, qaror va tegishli hujjatlar toʻplami MDH hukumat rahbarlari Kengashida koʻrib chiqishga kiritish uchun belgilangan tartibda MDH Ijroiya qoʻmitasiga taqdim etiladi.
Matbuot xizmati