Joriy yilning 6–7- dekabr kunlari Polshaning Krakov shahrida Yevropa, Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlarining statistika idoralari xodimlari uchun statistik baholash bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Mazkur tadbir Yevrostat tomonidan BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YIK) va Yevropa erkin savdo uyushmasi (EFTA) hamkorligida tashkil etildi.
Unda Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Moldova, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iz, Tojikiston, O‘zbekiston statistika idoralari vakillari hamda Yevrostat, BMT YIK va EFTA tashkilotlarining xalqaro ekspertlari ishtirok etishdi.
Seminarda Davlat statistika qo‘mitasidan Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi boshlig‘i Zakirov Dilshod Tairovich hamda Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Turayev Farxod Samadovich qatnashdi.
Seminarning asosiy maqsadi – ishtirokchi mamlakatlarda xalqaro tashkilotlar ko‘magida o‘tkazilgan statistik baholash bo‘yicha tajriba almashish hamda kelgusidagi rejalar bilan o‘rtoqlashishdan iborat bo‘ldi.
Matbuot xizmati