Joriy yilning 13- dekabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi boshligʻi Shohruh Odilovning yaqinda Yaponiyaning Tokio shahrida “COVID-19 pandemiyasi davrida aholini roʻyxatga olishning 2020- yil raundidagi taʻsirini baholash va muammolarini bartaraf etish” mavzusida tashkil etilgan xalqaro konferensiya natijalariga bag‘ishlangan taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimotda Sh. Odilov xalqaro konferensiya davomida o‘zlashtirgan bilim va tajribalari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, u roʻyxatga olish jarayonlarida zamonaviy texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari va kamchiliklari, aholini roʻyxatga olishda internet va planshet qurilmalaridan foydalanish hamda katta hajmdagi maʻlumotlarni yigʻish va qayta ishlashda xorij tajribasi haqida ma’lumor berdi.
Matbuot xizmati