14/12/2022

2022- yil 14- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida davra suhbati tashkil etildi.

1-7j1a2095

Unda Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati boshqarma boshliqlari, Toshkent davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.

27j1a2174

Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi Sanoat statistikasi boshqarmasi Jo`rayev Sardor Botirovich so‘nggi yillarda sanoat statistikasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

3-7j1a2208

Shundan so‘ng, “Sanoat statistikasini shakllantirish va tahlil qilish” mavzusida taqdimot qilindi.

4-7j1a2123

Taqdimotda O‘zbekiston Respublikasi sanoatining asosiy  ko‘rsatkichlari, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari, sanoat ishlab chiqarishining asosiy tarmoqlari haqida ma’lumot berildi.

5-7j1a21216-7j1a2276

Shuningdek, ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish, makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar, ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalar va qurilish, tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo, qishloq xo`jaligi va ekologiya, narxlar statistikasi bo‘yicha talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

7-7j1a22648-7j1a2228

Davra suhbati yakunida bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazish hamda talabalar uchun amaliyot darslarini tashkil etishga kelishib olindi. Shuningdek, universitet bilan memorandum imzolash masalasi ko‘rib chiqildi.9-107j1a216610-7j1a2118

Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassislari davra suhbati ishtirokchilari tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdilar.

Matbuot xizmati