2022-yil 1-oktabr holatiga Respublikada qoʻy va echkilarning umumiy bosh soni 23 308,8 ming boshga yetdi.
Qoʻy va echkilarning asosiy qismi 18 591,8 ming bosh yoki umumiy bosh sonining 79,8 %i dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklarida qayd etildi.
Qoʻy va echkilarning umumiy sonidan eng yuqori ulushi Qashqadaryo viloyati (20,8 %) hissasiga toʻgʻri keldi. Shu bilan birga, Samarqand (11,1 %), Surxondaryo (10,7 %) va Navoiy (10,4 %) viloyatlarida ham mavjud qoʻy va echkilar sonining yuqori koʻrsatkichlari qayd etildi.