2022 yil yanvar-oktabr oylari yakuni bilan viloyatning tashqi savdo aylanmasi 1 milliard 47,2 mln.AQSh dollarini tashkil etib, o‘sish surʼati 2021- yilning mos davriga nisbatan 118,3 % ni tashkil etdi.
Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 476,1 mln.AQSh dollarini, import hajmi esa 571,2 mln.AQSh dollarini tashkil etgan. Hisobot davrida – 95,1 mln. AQSH dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.