15/12/2022

Joriy yilning yanvar-oktabr oylari yakuni bilan Namangan viloyatning Turkiya davlati bilan tashqi savdo aylanmasi 84,0 mln.AQSh dollarini tashkil etib, viloyatining tashqi savdo aylanmasida Rossiya, Xitoy va Qozog‘istondan keyingi o‘rinni egallagan. Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 37,6 mln.AQSh dollarini, import hajmi esa 46,4 mln.AQSh dollarini tashkil etgan. Maʼlumot o‘rnida o‘tgan 10 oyda Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasi 1 mlrd.47,2 mln. AQSH dollarini tashkil etgan.