15/12/2022

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatning eksportyorlar soni 463 tani tashkil etib, ular tomonidan 476,1 mln.AQSh.dollari (qimmatbaho metallar eksportidan tashqari) qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi. Eksport amaliyoti 2021- yilning mos davriga nisbatan 18,2 % ga ko‘paydi. Eksport tarkibida tovarlar ulushi 97,7 % ni tashkil etib, ular Sanoat tovarlari (54,5 %), Xar-xil tayyor mahsulotlar (20,5 %) va Oziq ovqat mahsulotlari (16,6 %) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.