15/12/2022

2022 yilning yanvar-oktabr oylarida import qilingan tovarlar hajmi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 88,4 mln.AQSh dollariga ko‘paydi va 571,2 mln.AQSh dollarini tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 0,8 ming.AQSh dollariga yetdi. Import tarkibida eng katta ulushi, mashinalar va transport asbob-uskunalari 33,4 %, Sanoat mahsulotlari 23,3 % hisobiga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, Oziq-ovqat va tirik hayvonlar 15,1% ni, Kimyoviy moddalar va shunga o‘xshash mahsulotlar 12,6 % ni va boshqa turli xil tayyor mahsulotlar 15,6 % ni tashkil etgan.