15/12/2022

2022 yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyati korxonalari tomonidan 14 trln. 157,9 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2021- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 9,5 % ko‘paygan.

Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 80,5 % ni tashkil etdi. Shuningdek, Elektr, gaz bug‘ bilan taʼminlash va havoni konditsiyalash sanoatining ulushi 18,0 % ni, Suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalarining ulushi 1,0 %ni hamda Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalarining ulsushi 0,5 %ni tashkil etgan.