2022- yilning yanvar-oktabr oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2 trln. 540,5 mlrd so‘mni tashkil etgan. Oziq ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 368,7 mlrd. so‘mga ortgan.
Hududlar kesimida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishining Namangan viloyati jami hajmidagi eng yuqori ulushi Namangan shahriga to‘g‘ri kelib 44,9 %ni, shuningdek, Namangan tumani 10,0 % ni, Uchqo‘rg‘on tumani esa 9,5 %ni tashkil etdi.