15/12/2022

Tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, Namnagan viloyatida joriy yilning yanvar-oktabr oylarida isteʼmol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 trln. 33,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021 yilning mos davriga nisbatan o‘sish surʼati 118,6 % ni, uning jami sanoatdagi ulushi 56,7 % ni tashkil etdi.

Hududlar kesimida isteʼmol mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi eng yuqori ulushi Namangan shahriga to‘g‘ri kelib 40,2 % ni, shuningdek, Chust tumani 11,5 % ni, To‘raqo‘rg‘on tumani 9,0 % ni, Namangan tumani 8,2 % ni Kosonsoy tumani 7,8 % ni, tashkil etdi.