15/12/2022

2022 yilning yanvar-oktabr oydlarida kichik tadbirkorlik subektlari tomonidan 6 trln. 331,8 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, bu ko‘rsatkich 2021 yilning mos davriga nisbatan 1 trln. 8,6 mlrd. so‘mga ko‘paygan. Viloyat bo‘yicha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 44,7 % ni tashkil etgan. Hududlar kesimida eng katta hajm Namangan shahrida 2 trln 778,8 mlrd. so‘mni hamda Uychi tumanida 583,6 mlrd so‘mni tashkil etgan.