15/12/2022

2022 yilning yanvar-oktabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 12 trln. 49,4 mlrd. so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 trln. 531,8 mlrd. so‘mga oshdi.

Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi – 4 million 77 ming 400 so‘mni tashkil etgan.

2022 yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra, xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 22 910 tani tashkil etib, shundan 80,6 %i kichik tadbirkorlik subektlarining hissasiga to‘g‘ri keladi.