Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyatida ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlari hajmi 2 trln. 26,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan moliyaviy xizmatlar hajmining 446,0 mlrd. so‘mga ko‘payishi kuzatildi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida ushbu turdagi xizmatlarning ulushi 16,8 % ni tashkil etdi.
♻️ Moliyaviy xizmatlar tarkibi %da
🔶 Yordamchi moliyaviy faoliyat - 3,0 %,
🔶 Sug‘urta bo‘yicha xizmatlar - 6,4 %,
🔶 Sug‘urta va nafaqa taʼminoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlar - 90,6 % ni tashkil etdi.