2022 yilning 1- noyabr holatiga Namangan viloyatida sog‘liqni saqlash sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 644 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 38 taga ko‘paygan. Shuningdek, joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida sog‘liqni saqlash korxonalari tomonidan 266,5 milliard so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish surʼati 2021 yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 114,2 %ga o‘sgan.