15/12/2022

Tashkiliy huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2022 yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra 316 tani tashkil etib, ulardan 310 tasi yoki, 98,1 %i faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich 2021 yilning shu davriga nisbatan 18 taga yoki 1,1 martaga oshganligini qayd etilgan. 2022 yilning yanvar-oktabr oylarida yangi tashkil etilgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 34 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan oshmagan.