2022 yilning yanvar-oktabr oylarida, Namangan viloyatida jami 5 trln. 353,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish surʼati 2021 yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 109,3 % ni tashkil etdi.
Qurilish ishlari hajmining tarkibiga eʼtibor beradigan bo‘lsak, yirik qurilish tashkilotlarining ulushi 10 %ni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 58,2 %ni hamda norasmiy sektorning ulushi 31,8 %ni tashkil etgan. Shuningdek, joriy yilning 1- noyabr holatiga Namangan viloyatida 2423 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ulardan 1231 tasini bino va inshootlar qurilishi, 265 tasini fuqarolik obektlarini qurilishi hamda 927 tasini ixtisoslashtirilgan qurilish ishlar bilan ishlovchi korxonalar tashkil etgan.