15/12/2022

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida, Namangan viloyatida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan jami 532,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, bu ko‘rsatkich 2021 yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 320 mlrd. so‘mga ko‘paygan. Maʼlumot o‘rnida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlari hajmidagi eng ko‘p ulushi Pop tumanida qayd etilgan. Ushbu hududda bajarilgan jami qurilish ishlari hajmining 42,8 % yirik qurilish tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan.