19/12/2022

Joriy yilning 12-14- dekabr kunlari Efiopiyaning Addis-Abeba shahrida “Biz vazifamizni bajaramiz va kelajakka intilamiz – 2022: qochqinlar, vaqtincha yashovchilar va fuqaroligi bo‘lmaganlar statistikasi bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishi (EGRISS)” bo‘lib o‘tdi.

1

Yig‘ilishda 35 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlardan 80 nafardan oshiq ishtirokchilar, Davlat statistika qoʻmitasidan Yig‘ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig‘i Xurshid Jurayev va Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - Ro‘yxatga olish metodologiyasi va kartografik xujjatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Sherzod Dusnayev ishtirok etdi.

2

Yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad – EGRISS ekspertlar guruhining 2024-yilgacha amal qiladigan vakolati doirasida ekspertlar guruhiga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida tajriba almashish, fuqaroligi yoʻqlar statistikasi boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni koʻrib chiqish va qochqinlar va vaqtincha yashovchilar statistikasi boʻyicha xalqaro tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.

3-rfthn

Yig‘ilishda ishtirokchi davlatlar o‘zaro tajriba almashishdi, qochqinlar, vaqtincha yashovchilar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar statistikasi sohasidagi mutaxassislardan tavsiyalar olindi, mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari muhokama qilindi.

5

Davlat statistika qoʻmitasi mutaxassislari bu boradagi bilim va koʻnikmalarini oshirdi, qochqinlar, vaqtincha yashovchilar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish sohasida metodologiyani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etdi. Shuningdek O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari to‘g‘risida axborot berishdi.

6

Yig‘ilishda ishtirokchi davlatlar o‘rtasida qochqinlar, majburiy ko‘chirilish va fuqarosizlik sohasida tajriba almashilib, mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish so‘nggida qochqinlar, majburiy ko‘chirilish va fuqarosizlik bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

  Matbuot xizmati