21/12/2022

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida Namangan viloyatida qiymati 1 trln. 496,3 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan kiyim kechak mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 365,6 mlrd. so‘mga ko‘paygan. Viloyat bo‘yicha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda kiyim ishlab chiqarish sanoatining ulushi 9,4 % ni tashkil etgan.