21/12/2022

Namangan shahrida 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 7 trln. 260,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2021- yil yanvar-noyabr oylariga nisbatan 14,5 % ga ko‘paygan. Chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ulushi 6 trln. 664,4 mlrd. so‘mni, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 595,9 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 10 mln. 878,4 ming so‘mdan to’g’ri kelmoqda.