Viloyat statistika boshqarmasi bergan maʼlumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-noyabr oylarida Namangan viloyatida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan 3 trln. 412,3 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, viloyat bo‘yicha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi hisobot davrida 21,5 % ni tashkil etgan.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalari tomonidan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmdagi ulushi yuqori bo‘lgan hududlar Chust tumanida 49,4 %ni, Chortoq tumanida 41,5 %ni hamda Uchqo‘rg‘on tumanida 37,2 %ni tashkil etgan