21/12/2022

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida Namangan viloyatida 6 trln. 127,0 mlrd. so‘mlik nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 trln 12,8 mlrd. so‘mga ko‘paygan. Hududlar kesimida nooziq-ovqat mahsulotlar ishlab chiqarilishining Namangan viloyati jami hajmidagi eng yuqori ulushi Namangan shahriga to‘g‘ri kelib, 39,2% shuningdek, Chust tumani 14,6 %, To‘raqo‘rg‘on tumani 12,0 % ni tashkil etgan.