joriy yilning yanvar-noyyabr oylari yakuni bilan Namangan viloyatning Germaniya davlati bilan tashqi savdo aylanmasi 31,9 mln.AQSh dollarini tashkil etib, viloyatining tashqi savdo aylanmasida 2,7 % ulush bilan Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Turkiya va Qirg‘iz respublikasidan keyingi o‘rinni egallagan. Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 8,7 mln.AQSh dollarini, import hajmi esa 23,2 mln.AQSh dollarini tashkil etgan. Maʼlumot o‘rnida o‘tgan 11 oyda Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasi 1 mlrd. 163,1 mln. AQSH dollarini tashkil etgan.