09/12/2022

2022- yil 9- dekabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “9-dekabr Halqaro korrupsiyaga qarship kurash kuni” munosabati bilan “Korrupsiya-davlat rivoji va yuksalishiga to‘siq” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar, xodimlarning faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik ko‘rilayotgan choralar haqida tushunchalar berib o‘tdi.

Seminarda korrupsiya davlatimiz kelajagiga ham to‘siq bo‘lishi, barchamiz uni oldini olish borasida birgalikda kurash olib borishimiz lozimligi, endilikda korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan xodimlar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmasligi aytilib, mazkur yo‘nalishlarda ishlarni yanada kuchaytirish, sud hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar muhokama etildi.