21/11/2022

2022- yil 21- noyabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Korrupsiya-halokatga yo‘l” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar, xodimlarning faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik ko‘rilayotgan choralar haqida tushunchalar berib o‘tdi.

So‘ng boshqarma boshlig‘i S.Melixo‘jayev ham so‘zga chiqib unda korrupsiya o‘zimizga, balki davlatimizni kelajagiga ham to‘siq bo‘lishini, hammamiz uni oldini olish borasida birgalikda kurash olib borishimiz lozimligini, kelgusida korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan xodimlar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmasligi Qonun bilan mustahkamlab qo‘yilayotganligini haqida ma'lumotlar berdi.