11/11/2022

Joriy yilning 11- noyabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev O’zbekiston Respublikasining 28.10.2022- yildagi “O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O’RQ-798-son Qonuni mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berdi.

Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.