04/11/2022

Joriy yilning 4- noyabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev O’zbekiston Respublikasining 08.08.2022- yildagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni 13-14-moddalari hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.10.2022- yildagi “Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-409-son Qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berdi.

Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.