30/11/2022

Joriy yilning 30- noyabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev 2022- yil noyabr oyi davomida qabul qilingan (Lex.uz tizimiga kiritilgan) qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berdi.

Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.