23/12/2022

Namangan tumanida 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 705,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2021- yil yanvar-noyabr oylariga nisbatan 12,6 % ga ko‘paygan. Chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ulushi 653,4 mlrd. so‘mni, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 51,6 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 3 mln. 802,4 ming so‘mdan to’g’ri kelmoqda.