Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra Namangan viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 76,0 %ni tashkil etadi.
Shundan:
- bir bolalilar 27,0 %;
- ikki bolalilar 24,0 %;
- uch bolalilar 17,6 %;
- to‘rt va undan ko‘p bolalilar 7,4 %.
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, 24,0 % uy xo‘jaliklarida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar mavjud emas.