26/12/2022

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida Norin tumanida iste'mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 106,1 mlrd. so‘mni yoki viloyat bo’yicha jami iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishning 1,2% ni tashkil etgan. Ishlab chiqarilgan iste’mol mahsulotlarining 53,6 mlrd. so’mini oziq ovqat mahsulotlari, 52,5 mlrd. so’mini nooziq ovqat mahsulotlari tashkil etmoqda. Ma’lumot o’rnida, Norin tumani bo’yicha o’tgan 11 oyda jami 213,5  mlrd. so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo’lib, aholi jon boshiga 1 mln. 252,6 ming so‘mdan to’g’ri kelmoqda.