26/12/2022

Norin tumanida 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 901,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2021- yil yanvar-noyabr oylariga nisbatan 15,5 % ga ko‘paygan. Chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ulushi 851,9 mlrd. so‘mni, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 49,2 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 5 mln. 288,2 ming so‘mdan to’g’ri kelmoqda.