05/01/2023

2022 yilning yanvar-noyabr oylarida Namangan viloyatida yashash va ovqatlanish sohasidagi xizmatlari hajmi 335,1 mlrd. so‘mga teng bo‘lib, ularning o‘sishi 2021 yilning shu davriga nisbatan 121,3 % ni tashkil etdi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida ushbu turdagi xizmatlarning ulushi 2,5 % ni tashkil etgan. Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar umumiy hajmida Yashash bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlarning ulushi 17,8 % ni, Oziq-ovqat va ichimliklar bilan taʼminlash bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlarning ulushi 82,2 % ni tashkil etgan.