11/01/2023

2022 yil yanvar-noyabr oylarida Namangan viloyatida bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi qurishga tegishli. Viloyat bo‘yicha o‘tgan 11 oyda 5 trln. 998,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, shundan 78,5% yoki 4 trln. 709 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obektlarni yaratishga qaratilgan. Yangi qurilgan obektlarni iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda 12,2 %i yirik qurilish tashkilotlar, 47,6 %i kichik korxona va mikrofirmalar hamda 40,2 %i norasmiy sektor tomonidan amalga oshirilgan.