Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida Chust tumanida jami 981,8 mlrd. so‘mni yoki viloyat bo’yicha jami iste’mol mahsulotlari ishlab chiqavrishning 11,0 % ni tashkil etgan.
Ishlab chiqarilgan iste’mol mahsulotlarining 89,7 mlrd. so’mini oziq ovqat mahsulotlari, 892,1 mlrd. so’mini nooziq ovqat mahsulotlari tashkil etmoqda.
Ma’lumot o’rnida, Chust tumani bo’yicha o’tgan 11 oyda jami 1 trln. 367,4 mlrd. so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo’lib, aholi jon boshiga 4 mln. 947,8 ming so‘mdan to’g’ri kelmoqda.