Joriy yilning 17- yanvar kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinborasi R. Jiyanov va Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi I. Rahimovlar bilan birgalikda To‘raqo‘rg‘on tumani “Kumidon” hamda "Qo'rg'oncha" MFYlarga borib, hozirda uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga tushgan xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi va kuzatuvning maqsad vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, kuzatuvlar davomida MFY xodimlari va faollariga seminar treninglar o'tkazildi.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, Uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.
Kuzatuv jarayonlaridan fotolavhalar: