2023- yilning 18- yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Bahodir Abdusalamovich Begalov ESKATO statistika qo'mitasi byurosining yig'ilishida ishtirok etdi.
Maʼlumot uchun: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) 1947-yil 28-martda tashkil topgan. Komissiyaning bosh qarorgohi Bangkokda joylashgan. ESKATO geografik qamrov va aholi soni boʻyicha BMTning beshta mintaqaviy komissiyasidan eng yirigi hisoblanadi. Komissiya 53 ta ovoz beruvchi mamlakatdan, jumladan, MDH davlatidan sakkizta (Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiz R., Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston) davlatlaridan iborat. 2022- yil 23-25 avgust kunlari Bangkok (Tailand)da bo'lib o'tgan ESKATO statistika qo'mitasining 8-sessiyasida Begalov Bahodir Abdusalomovich ESKATO statistika qo'mitasi byurosi raisining o'rinbosari etib saylangan.
Yig'ilishda ESKATO statistika qo'mitasi byurosi a'zolari, xususan, byuro raisi Batdavaa Batmunx (Mo'g'uliston), byuro raisining o'rinbosarlari Mariya Musudroka (Fidji), Gobinda Prasad Samanta (Hindiston) ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbirda Piyanuch Vuttisorn (Tailand), En Chuan Koch (Singapur). Reychel Beaven (BMTning ESCATO statistika bo'limi direktori) hamda BMTning ESCATO statistika qo'mitasi kotibiyati vakillari va boshqa mas'ul shaxslar qatnashdi.
Yig'ilishda 2023- yil fevral–mart oylarida AQShning Nyu-York shahrida bo'lib o'tadigan BMT Statistika komissiyasining 54-majlisida ko'rib chiqiladigan masalalar yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.
Ishtirokchilar tadbir davomida tashkiliy masalalar, hujjatlar, statistika qo'mitasi ishini qo'llab-quvvatlovchi guruhlar ishi, amaliyotchilarning sharhlari va boshqa masalalar haqida so‘z yuritdi.
Matbuot xizmati