18/01/2023

Joriy yilning 18- yanvar kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi boshlig’i A. Ayubjanov Kosonsoy tumani “Uzunqishloq” hamda "Bo‘ston" MFYlarga borib, kuzatuvning maqsad vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, MFY xodimlari va faollariga seminar treninglar o'tkazildi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, Uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.

Jarayondan fotolavhalar: