27/01/2023

 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi 41 trln. 098,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 6,6 % ga o‘sdi.

📉 YAHM deflyator indeksi 2021- yilning mos davridagi narxlarga nisbatan 112,8 % ni tashkil qildi.

👨‍👩‍👧 Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 13 mln. 864,4 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich 2021- yilga nisbatan 4,3 % ga yuqoridir.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha YAHM ishlab chiqarish o‘sish surʼatlari:

🏗 Qurilish - 110,3 %
🏭 Sanoat - 109,4 %
⚒ Xizmatlar - 107,1 %
🏕 Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi -104,2 %ni tashkil etgan.

✅ Maʼlumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YaIMning shakllanishida Namangan viloyatining qo‘shgan hissasi 4,6 % ga yetdi.

Axborot xizmati