27/01/2023

Joriy yilning 27- yanvar kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i S. Melixujayev va Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi I. Rahimov bilan birgalikda To‘raqo‘rg‘on tumani “Olchin” MFYda 2023- yil birinchi yarim yilligida uy xo‘jaliklari tanlanma kuztuvga tushgan Isomiddinov Alisher xonadonida so‘rovnoma o’tkazdi. Kuzatuvlar zamonaviy planshet qurilmalari orqali bevosita so'rovnoma tarzida o'tkazildi. 

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, Uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.

Jarayondan fotolavhalar: