30/01/2023

Joriy yilning 30-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2022-yil yakunlari boʻyicha “1- FX” yillik statistika hisobotini topshiruvchi kichik korxona va mikrofirmalar (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqotlar tashkil etildi.

1-7b5a05152-7b5a0506

Ushbu on-line muloqotlarda “1- FX” shakli hisobotining har bir boʻlimi va undagi koʻrsatkichlar boʻyicha tushuntirishlar berildi. Hisobot topshiruvchilarning savollariga atroflicha javob berildi.

3-7b5a05264-7b5a0518

On-line muloqotlar 2023-yilning 27-fevral kuniga qadar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 15:00 dan 18:00 ga qadar doimiy tarzda tashkil etiladi.

5-7b5a05046-7b5a0490

Eslatib oʻtamiz, kichik korxona va mikrofirmalar uchun “1- FX” yillik statistika hisobotini topshirish muddati 2023-yilning 27-fevral sanasida yakunlanadi.