30/01/2023

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatning sanoat ishlab chiqarish hajmi 18 trln. 241,8 mlrd.so‘mni tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 9,4 foizga o‘sgan.

🧶 To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati 7,3 foizga o‘sib, hajmi 5 trln. 99,0 mlrd.so‘mni hamda jami sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 28,0 % ni tashkil etgan.

⚡️ Elektr, gaz va hovoni konditsiyalash sanoati 38,9 foizga o‘sib, hajmi 3003,4 mldr.so‘mni hamda jami sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 16,4 % ni,

👕 Kiyim ishlab chiqarish sanoati 8,5 foizga o‘sib, hajmi 1724,3 mlrd.so‘m hamda jami sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 9,5 % ni,

🔩 Mashina uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish sanoati 16,6 foizga o‘sib, hajmi 720,1 mlrd.so‘m hamda jami sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 3,9 % ni,

🧪 Kimyo mahsulotlari shlab chiqarish sanoati 30,6 foizga o‘sib, hajmi 624,1 mlrd.so‘m ulushi 3,4 % ni tashkil etib viloyatning sanoat ishlab chiqarish hajmiga ijobiy taʼsir qildi.

📉 Shuningdek, hududlar yuqori o‘sish surʼatlari

🔹Mingbuloq - 125,4 %, hajmi - 758,7 mlrd.so‘m
🔹Chust - 121,2 %, hajmi - 1523,7 mlrd.so‘m
🔹Kosonsoy - 121,2 %, hajmi - 959,1 mlrd.so‘m
🔹To‘raqo‘rg‘on -117,8 %, hajmi - 3247,3 mlrd.so‘mni tashkil etib, yuqori o‘sish surʼatlari taʼminlandi.